“Bizda 1 278ta OTM va filiallar mavjud boʻlib, ulardan 724tasi markaziy sanaladi. Bugunga kelib, 152 ta OTM talabalarni butunlay masofadan oʻqitishga oʻtdi”, — dedi vazir “Rossiya-1” (VGTRK) telekanaliga bergan intervyusida.
Uning taʼkidlashicha, vazirlik barcha OTMlar bilan alohida ishlash tartibini ishlab chiqyapti. Chunki hududlarda kasallikning tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat har xil tus olgan.
Falkovning soʻzlariga qaraganda, koronavirus tufayli deyarli barcha OTMlarda oʻqitishning qoʻshma tartibi joriy etilgan. Bunda talabalar profilaktik talablariga rioya qilgan holda qisman darsga keladi.
Buning uchun OTM yotoqxonalarida alohidalab qoʻyilgan kishilar uchun tibbiy kuzatuv joyi ochish maqsadida 900 mingtagacha zaxira joy tayyorlangan.
“Bu karantin vaqtida u yoki boshqa talabalarni joylashtirish uchun”, — dedi Falkov. U shuningdek, joylar “hali boʻsh ekanligini, va bunga hozircha ehtiyoj tugʻilmaganini” eslatdi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.