“Dunyo“ AAning xabar berishicha, hamyurtimiz sharʼiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi bilan 2019-yilda ishlash maqsadida Primorsk oʻlkasiga kelgan. J.D. bir necha yillar davomida farrosh boʻlib ishlagan. Turmush oʻrtogʻi Rossiya hududida boʻlish hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirmagani uchun joriy fevral oyida sud hukmi bilan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Shu bois ushbu oila qiyin vaziyatda qolgan va ijaradagi uydan haydalgan.
Bosh konsulxonaga qilingan murojaatdan soʻng, Vladivostok shahridagi oʻzbek diasporal tashkiloti vakillari, faol vatandoshlar koʻmagida hamyurtimiz hamda uning bolalari turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Shu yilning 26-fevral kuni esa “Uzbekistan airways” AJning Vladivostok-Toshkent yoʻnalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi va Oʻzbekistonga qaytarildi.