баннер
13 Mar 2025
19:18

    Rossiyaning Tomsk viloyatida ogʻir kasallikka chalingan hamyurtimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

    Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk viloyatida ogʻir kasallikka chalingan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi.

    “Dunyo“ AAning xabar berishicha, Bosh konsulxonadan olingan maʼlumotga koʻra, Tomsk viloyatiga ishlash uchun kelgan yurtdoshimiz B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum boʻlganligi sababli ushbu viloyatdagi 2-sonli klinik shifoxonasi yotqizilgan.

    Rossiyalik shifokorlar vatandoshimizga barcha zarur tibbiy muolajalarni amalga oshirdi.

    Bemorning ahvoli ogʻirligi inobatga olinib, Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan uning Oʻzbekistonga qaytishi uchun zarur koʻmak koʻrsatildi hamda samolyotda yurtimizga kuzatib qoʻyildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech