Rossiyaning toʻqqizta aviakompaniyasi Oʻzbekistondan yangi reyslar uchun ruxsat soʻragan

    Transport 25 Oktabr 2023 1059

    Ular orasida 11 ta ariza bilan Aeroflot yetakchilik qilyapti.

    RossiyaFederalhavotransportiagentliginingxabarberishicha, RossiyaningtoʻqqiztaaviakompaniyasiToshkentgayangireyslarochishdanmanfaatdorliginibildirgan. Buhaqda “Rosaviatsiya” maʼlumqilgan.

    “Aeroflot”, “Yuteyr”, “IrAero”, “NordStar”, “Uralskiye Avialinii”, “Smartavia”, “AZUR Eyr”, “Severnыy veter” va “Yakutiya” kabi bir qator Rossiya aviakompaniyalari havo qatnovlarini tashkil etish uchun ariza topshirgan.

    Bular orasida yangi reyslar uchun 11 ta ariza taqdim etgan holda “Aeroflot” yetakchilik qilyapti. Shu bilan birga, “Yuteyr”, “IrAero”, “Uralskiye Avialinii” va “Smartavia” aviakompaniyalarining har biri 7 tadan reys ochishni rejalashtiryapti. Shuningdek, reyslar ochish uchun “NordStar” 4 ta, “Severnыy veter” 3 ta, “AZUR Eyr” va “Yakutiya” esa 2 tadan ariza topshirgan.

    Sankt-Peterburg va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar uchun yettita aviakompaniya ariza bergan. Ular haftasiga 2 tadan 7 tagacha reyslarni amalga oshirishni rejalashtiryapti.

    Bundan tashqari, “NordStar”, “Rossiya”, “Smartavia” va “Yakutiya” kabi aviakompaniyalar Krasnoyarskdan Toshkentga parvozlar uchun mos ravishda 7 ta va 2 ta ariza topshirgan.

    Shuningdek, Rossiya aviakompaniyalari Urganchga har haftalik reyslar uchun 39 ta, Buxoroga esa qoʻshimcha 5 ta reyslar uchun arizalar taqdim etyapti, deb xabar beradi kapital.uz

    Bu esa Moskva va Urganch oʻrtasidagi reyslarning, shuningdek, Buxoroga qoʻshimcha reyslar soni ortishiga xizmat qiladi.