Rostdan ham o'zbek gilosida virus topildimi

    Agrosektor 27 May 2023 2085

    Kecha mana shunday xabar tarqaldi va aholining xavotiriga sabab bo'ldi.

    Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, “o'zbek gilosi” bo'yicha Rossiyadan hech qanday e'tiroznoma kelib tushmagan.

    Rossiya tomoni ma'lum qilishicha, Omsk viloyatiga etib borgan gilos partiyasida “sharq mevaxo'ri” aniqlangan. Tekshiruv ketmoqda.

    Agar “sharq mevaxo'ri”ning lichinkalari tirik holda aniqlansa, zararsizlantirish ishlari olib borilganidan so'ng tovar Federatsiya hududiga olib kirilishi belgilandi.

    “Sharq mevaxo'ri” inson hayotiga xavf soladigan virus emas, o'simliklar dunyosi uchun zararli hasharot hisoblanadi. Holatdan so'ng, o'zbekistonlik bog'bonlarga fitosanitariya tozalik bo'yicha ko'rsatma berildi.