Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qildi.
“Hozirda mamlakatning 30 ta tumanidan yettitasida 36 ta holat tasdiqlangandi, jumladan, 11 ta o'lim holati qayd etildi”, dedi u.
JSST rahbarining qo'shimcha qilishicha, 25 nafar bemor izolyatsiya qilingan va ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, ular bilan aloqada bo'lgan 300 kishi nazoratga olingan.
Shu hafta boshida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Ruandada halokatli Marburg virusi tarqalishi xavfini milliy miqyosda juda yuqori deb baholadi, deb xabar beradi report.az.