баннер
18 Mar 2025
02:05

    Rubio Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun A va B rejasini ma'lum qildi

    AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo'yicha A va B rejasini e'lon qildi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

    “A rejasi – bu o't ochishni to'xtatish. U ikkinchi bosqichga – B rejasiga o'tish uchun zarur, ya'ni barchani muzokaralar stoliga o'tkazish uchun...”, deyiladi xabarda.

    Uning qo'shimcha qilishicha, bu mojaroni shunday tugatish kerakki, shartnoma mustahkam va barchaning ehtiyojlarini hurmat qiladigan ko'rinishda bo'lishi kerak.

    Rubio janglar davom etar ekan, B rejasiga erishish qiyinligini ta'kidladi.

    AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bir kun avval Putin va Tramp shu hafta bir-birlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkinligini aytdi. Unga ko'ra, Oq uy rahbari Ukraina inqirozi bir necha hafta ichida hal etilishini kutmoqda.

    Payshanba kuni kechqurun Rossiya yetakchisi Moskvada Oq uyning maxsus vakilini qabul qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, Uitkoff Ukraina bo'yicha qo'shimcha ma'lumot bergan, Putin esa o'z navbatida Trampga ma'lumotlar va qo'shimcha signallarni etkazgan, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech