Har bir sohada faxriylarimizga eʼtibor qaratish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, holidan xabar olish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi.

Loyihaga koʻra, Rufat akaning xonadonidagi boʻsh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy 3 xonali uy qurib beriladi. Reja boʻyicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga koʻchib oʻtadi.