Molecular Psychiatry jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, fermentlangan ovqatlarga boy parhez ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolarni kamaytirishga yordam beradi.
Mutaxassislar ish jarayonida ovqat ratsionida kam miqdorda kletchatkasi mavduj bo'lgan 18 yoshdan 59 yoshgacha bo'lgan 45 nafar odamlarni tanlab oldi. Ishtirokchilar to'rt hafta davomida amal qilishlari kerak bo'lgan diyetaga qarab ikki guruhga bo'linishdi.
Birinchi guruhda subyektlar har kuni 6-8 portsiyadan prebiyotik tolalarga boy meva va sabzavotlarni (piyoz, karam, olma, banan va jo'xori uni), 5-8 portsiya don va 3-4 portsiya dukkakli mahsulotlarni iste'mol qilishdi. Shuningdek, ratsionga 2-3 ta fermentlangan ovqatlar (karam, kefir va choy qo'ziqorini) kiritilgan. Ikkinchi guruhdagi ko'ngillilar sog'lom ovqatlanish piramidasi asosida faqat umumiy tavsiyalarni oldilar.
Ma'lum bo'lishicha, birinchi guruhdagi subyektlar kamroq stressni boshdan kechirgan. Natijalar parhezning qat'iyligi va stress darajasi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligini ko'rsatdi. Garchi prebiyotik parhezda qatnashuvchilarda aniqroq namoyon bo'lgan bo'lsa-da, uyqu sifati ikkala guruhda ham yaxshilandi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ma'lum parhezlar stress darajasini pasaytirishda foydalanilishi mumkin. Shuningdek, bu uzoq muddat ruhiy salomatlikni saqlashga ham yordam beradi.