Seshanba kuni kechqurun Ruminiya g'arbidagi Arad shahrida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda Ruminiyaning Yer fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar milliy instituti Facebookda ma'lum qildi.

Zilzila o'chog'i Araddan 24 kilometr sharqda, 6,4 kilometr chuqurlikda qayd etildi.

Yer silkinishlarini Ruminiyaning boshqa yirik shaharlari – Timishoara, Bekeshchaba va Reshita aholisi ham his qildi.

Asosiy silkinishdan keyin 3,1 magnitudali aftershok ham sodir bo'ldi.

Arad shahridagi binolarning tashqi qismiga va avtomobillarga kichik zarar yetgan, deb xabar beradi korrespondent.net.