Ish haftasiga 5 kun boʻlib, xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.

Eʼtibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.

Tanlovdan oʻtgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.

Mashgʻulot toʻlovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.