Ruslan Abdullayevning raqibi tasdiqlandi

    Sport 17 Aprel 2025 1257

    22 yashar charm qoʻlqop ustamizning raqibi filippinlik Jino Rodrigo boʻladi. Bu jang rasman oʻz tasdigʻini topdi.

    Toshkent vaqt bilan 20-aprel kuni (AQSHda 19-aprel) tong saharda AQSHning Kaliforniya shtati Oushensayd shahrida professional boks turniri boʻlib oʻtadi.

    Frontwave Arena majmuasi mezbonlik qiladigan boks oqshomi Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

    Turnirning asosiy jangi ayollar oʻta yengil vazn toifasida WBC, WBO va IBF yoʻnalishlari chempioni Gabriela Fundora 15-13-0 (7 KO) hamda daʼvogar Merilin Badilyo (19-1-0) oʻrtasida oʻtkaziladi.

    Ahamiyatlisi, ushbu oqshomda aynan Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblangan super yengil vazn toifasidagi bokschimiz Ruslan Abdullayev oʻzining prof ringdagi ikkinchi jangida ringga koʻtariladi. 22 yashar charm qoʻlqop ustamizning raqibi filippinlik Jino Rodrigo boʻladi. Bu jang rasman oʻz tasdigʻini topdi.

    Maʼlumot uchun, Rodrigo prof faoliyati davomida 19 ta jang oʻtkazib, 13 gʻalaba, 4 magʻlubiyat va 2 durang qayd etgan. Ruslan Abdullayev shu yilning 7-mart kuni AQSHning Indio shahrida tashkil etilgan turnirda professional boksda debyut qilgan va oʻshanda meksikalik Xose Valensuela Alvaradoni ikkinchi raundda nokaut evaziga magʻlub etgandi.