Rustam Sa'dullayev mukofotlandi

    Ezgu niyatda shu el, shu xalq uchun mehnat qilib, bor salohiyatini o'z sohasi rivojiga safarbar qilayotganlar hech qachon davlatimiz e'tiboridan chetda qolmasligi haqiqat.

    Buning amaldagi yana bir ko'rinishi o'laroq, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Rustam Sa'dullayev "Xalq diplomati" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

    Ushbu ko'krak nishoni aktyorga Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan O'zbekiston va xorijda xalq diplomatiyasiga qo'shgan hissasi uchun berildi.

    Rustam Sa'dullayevni biz ham samimiy qutlab, unga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.