Qilichbozlik boʻyicha “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtmoqda. “Kuchilar turniri” musobaqasi doirasida tashkil qilinayotgan ushbu tadbirda bugun rapira ustalari bahs olib borishayotgan boʻlsa, tadbir mavzusi ham qilichbozlikning ushbu yoʻnalishiga bagʻishlandi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning oʻrinbosari Sherzod Tashmatov ushbu tadbirni kuzatish va sportchilar bilan uchrashish uchun turnir oʻtkazilayotgan zalga tashrif buyurishdi.
MOQ raisi uchrashuv davomida “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan mehmonlarga oʻz tashakkurini izhor qilib oʻtdi. Shuningdek, musobaqa doirasida sportchilar va murabbiylar bilan uchrashdi.
Unda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova hamda sablya boʻyicha 3 karra Olimpiada chempioni, Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Nazlimov ham ishtirok etib, ushbu sport turini yurtimizda yana-da rivojlantirish, terma jamoamiz sportchilarini yangi mavsumga tayyorlash masalalari boʻyicha suhbatlashishdi.









