O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan eng yaxshi innovatsion ta'lim dasturlarini yurtimiz sharoitiga jalb etish va moslashtirish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi Koreyaning “Edulink” kompaniyasi bilan birgalikda “S board” mobil ta'lim dasturini ishga tushiradi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Birinchi bosqichda loyiha Toshkent shahrining Bektemir tumanida sinov rejimda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlari, tarbiyachilar, ota-onalar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.

Mobil dastur platformasida yaratish va joylashtirish orqali maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilash, raqamli hisobot shakliga bosqichma-bosqich o'tish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va ota-onalarga o'zaro ko'maklashish uchun mo'ljallangan.

Matematika asoslari, o'zbek tili va boshqa chet tillarini o'qitish uchun o'quv videokliplarining “S board” dasturiy ta'minoti doirasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mobil dastur ishlab chiqilishining barcha bosqichlari “Ilk qadam” davlat o'quv dasturi hamda maktabgacha ta'lim va tarbiya Davlat standarti hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq aniq amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, “S board” ilovasini “Google Play App Store” va “Apple” onlayn do'konlarida bepul yuklab olish mumkin bo'ladi.