Buxoro shahriga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish maqsadida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al` Kaddumi boshchiligidagi xalqaro o'rganish hay'ati a'zolarining mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.
Xalqaro o'rganish hay'ati a'zolari hozirda Buxoro shahridagi hunarmandchilik maktablari, markazlar, hunarmandlar bozori bilan yaqindan tanishmoqda.
Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligida xalqaro o'rganish hay'ati a'zolari Buxoro Ark qo'rg'onida, ushbu mahobatli me'moriy obida hamda hunarmandchilik maktablari namoyishi bilan ham tanishmoqdalar.
Xalqaro o'rganish hay'ati a'zolariga Aziz Murtazaev, Butunjahon Hunarmandlar Kengashi - Osiyo va tinch okeani mintaqasi Vitse-prezidenti, sekretariat Bosh kotibi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi o'rinbosari hamrohlik qilmoqda.
Ayni paytda hay'at a'zolari Buxoro Ark qo'rg'onida bo'lib turibdi, deb yozmoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.