Sablyachi qizlarimiz ham Osiyo chempionatida sovrindor boʻldi

    Sport 22 Iyun 2025 790

    Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medalga ega chiqdi.

    Qayd etilishicha, sablya boʻyicha boʻyicha ayollar terma jamoamiz bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

    Saralashda Xitoy Taipeyi, Gonkong jamoalarini magʻlub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa xitoylik raqibalaridan 45:43 hisobida ustun keldilar.