Sablyachi qizlarimiz yana bir bor tengsiz!

    Sport 20 Noyabr 2023 1178

    Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Taʼkidlash joiz, bu galgi bellashuvlar ham yurtdoshlarimiz uchun yorqin gʻalabalarga boy boʻldi.

    Bugun tashkil etilgan jamoaviy dasturda ham qizlarimiz yuksak mahoratlarini namoyish etib, barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi va oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyani 45:26, final bahsida esa Qozogʻistonni 45:37 hisobida dogʻda qoldirdi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Jamoamiz safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etdi. Eslatib oʻtamiz, yakkalik dasturida hamyurtimiz Fernanda Errera gʻalaba qozongan