Sablyachilarimiz jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi

    Sport 9 Aprel 2025 995

    Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining jamoaviy dasturida ishtirok etgan sablyachi yoshlarimiz qizlar va yigitlar oʻrtasidagi dasturlarda bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Qayd etilishicha, har ikki jamoamiz ham yarim finalgacha yoʻlni munosib bosib oʻtishdi. Final ostonasida qizlarimiz AQSH, yigitlarimiz esa Italiya jamoasiga imkoniyatni boy berdilar. Bronza medallari uchun bellashuvlarda esa Vengriya va Turkiya vakillari magʻlubiyatga uchratildi.

    Shu tariqa, yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatlarida ilk bor jamoaviy dasturda medal qoʻlga kiritdi.