Sadir Japarov 2026-yilgacha davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirishni taqiqladi

    Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov davlat xizmatchilarining maoshlarini oshirishga 2026-yilgacha moratoriy kiritdi.

    Bu haqda davlat rasmiy gazetasi “Erkin-Too” xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, bunday qaror davlat byudjeti xarajatlarini optimallashtirish maqsadida qabul qilindi.

    Shuningdek, davlat organlarining shtatlarini kengaytirishga ham taqiq joriy etildi.

    Biroq, alohida holatlarda Prezidentning alohida qarori bilan xodimlarning ish haqi miqdori, shuningdek, shtat tarkibini o'zgartirish mumkinligi ham nazarda tutilgan, deb xabar beradi vesti.kg.