2022 yilning 6 avgust kuni engil atletika bo'yicha Pol`shada “Brilliant liga” musobaqasi bo'lib o'tdi. Engil atletikaning balandlikka sakrash yo'nalishi bo'yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo'lgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Alohida ta'kidlash kerakki, Safina jahon chempionatidan keyingi nufuzli o'rinda turuvchi musobaqada g'alaba qozongan birinchi o'zbekistonlik atletga aylandi. U shunday tarzda o'z nomini zarhal harflar bilan o'zbek sporti tarixiga yozib qo'ydi.
1. Safina Sadullaeva (O'zbekiston) – 1.92
2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.92
3. Katerina Tabachnik (Ukraina) – 1.88.Yana bir atletimiz Sharifa Davronova esa jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'ldi. Kolumbiyaning Kali shahrida engil atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi (U20) jahon chempionatida 15 yoshli Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida (14,02 m) g'alaba qozondi. U eng yaqin ta'qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, atletning natijasi U20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko'rsatkichi bo'ldi. Mazkur yo'nalishda kuchli uchlikda O'zbekistondan tashqari Frantsiya va Avstraliya vakillari bor.
• 1-o'rin — Sharifa Davronova (O'zbekiston) — 14,04 m
• 2-o'rin — Soxane Aukagos (Frantsiya) — 13,38 m
• 3-o'rin — Tiana Boras (Avstraliya) — 13,30 m