SHu kunlarda AQSHning YUdjin shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda. Bu nifuzli musobaqada hamyurtimiz Safina Sadullaeva ham ishtirok etyapti. U balandlikka sakrash bo'yicha  “A” guruhda qatnashib, turnirning final bosqichiga yo'l oldi.

Musobaqa final bosqichida qatnashish uchun sportchilar 1,93 metr  balanlikni zabt etishi kerak edi. Quvonarlisi, Safina barcha balandliklarni birinchi urinishda ishg'ol qildi.

Engil atletikachimiz endi 19 iyul` kuni medallar uchun kurash olib boradi.