Qayd etilishicha:
“ogʻizni yopish”dan oldin ovqat yeyish lozim. Saharlik paytida yengil taomlaning. Bu ayniqsa roʻza tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, oʻsmirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun ham muhim!
Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud boʻlgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy neʼmatlarni isteʼmol qilish foydali.
Sekinroq va mayda chaynab ovqatlangan maʼqul. Koʻp miqdordagi tanavvul jigʻildon qaynashi va bezovtalikka sabab boʻladi.
Saharlik uchun JSST tavsiyalari:
- ikki burda non;
- sabzavotli omlet yoki yaxshi qaynatilgan tuxum;
- toʻgʻralgan sabzavotlar;
- pishloq yoki sut mahsulotlari;
- choy;
- yetarli miqdorda suv ichishni unutmang!