Dastlab, kamera ob'ektivlari “Diydor” teatr studiyasidagi ijodiy jarayonga qaratildi.
Shu kunlarda, mazkur teatrda Yolqin To'ychiev tomonidan tarjima qilingan Tojikistonlik ijodkor Temur Zulfikarovning “Xo'ja Nasriddinning ilk sevgisi” asari Tojikistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Barzu Abdurazzoqov rejissyorligida sahnalashtirilmoqda.
Mazkur yangi sahna asari ustida olib borilayotgan qizg'in jarayon bilan vazirlikning telegram kanalidagi videolavha orqali tanishishingiz mumkin.