Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 28 May 2025 590

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining birinchi oʻrinbosari Aleksey Gromov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda asosiy eʼtibor axborot sohasidagi hamkorlik masalalariga qaratildi. Media makonning tez surʼatlar bilan oʻzgarishi sharoitida xolisona va barqaror axborot muhitini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli makonni tartibga solish, feyklarga qarshi kurashish, masʼuliyatli jurnalistika standartlarini ilgari surish, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi qoʻshma qadamlar muhokama qilindi. Toshkentda amaliy maslahatlashuvlar oʻtkazishga tayyorlik tasdiqlandi.

    Suhbat davomida mehnat migratsiyasi va madaniy diplomatiyani yoritish masalasi ham koʻrib chiqildi. Axborot kun tartibida ushbu masalalarga vazmin yondashuv muhimligi, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya xalqlari oʻrtasida oʻzaro anglashuv va ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida qoʻshma gumanitar tashabbuslarni rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.