Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashington shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli izchil kengayib borayotgani qayd etildi.
"Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", — deya ta‘kidladi Saida Mirziyoyeva.