Uning maʼlum qilishicha, oʻtkazilgan uchrashuvda amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilindi.

«Biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini oʻzaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib bormoqdamiz. Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun elchi janoblariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman», dedi Saida Mirziyoyeva.