Maʼlum qilinishicha, “Joʻyzar” kanalining 9 kilometri betonlashtirildi, yana 10 kilometrida ishlar davom etmoqda. Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu hududda baliqchilik xoʻjaligi ham ishga tushirilgan.
“Shayxoncha” mahallasida 240 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etilgan.
Tashrif davomida turizm sohasidagi “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Joʻyi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinida mehmonxonalar va klaster tashkil etish loyihalari muhokama qilindi.
Buxoroga yiliga 10 million sayyoh jalb qilish, viloyatni tranzit hududdan toʻlaqonli sayyohlik maskaniga aylantirish maqsad qilingan.
Tashrif yakunida Saida Mirziyoyeva Buxoroning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildi.