Narkotahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro forum doirasida boʻlib oʻtgan muloqotda Oʻzbekiston va JSST oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Xususan, mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yoʻnalishida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.