«Shayx hazratlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdim.
Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida maʼnaviyat va fan-taʼlim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Maʼrifatli islom gʻoyalarini targʻib etish va yoshlarni radikallashuvdan himoya qilishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Qoʻshma dasturlar, akademik almashinuvlar va qoʻlyozmalarni oʻrganishni kengaytirish borasida oʻzaro manfaatdorlik bildirildi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.








