Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Suhbat davomida ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va biznes bilan shugʻullanishni xohlagan barcha fuqarolar uchun teng shart-sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Oʻzbekiston-Amerika biznes forumi — ikki davlatning 150 dan ortiq ishbilarmonlari oʻrtasida yangi loyiha va gʻoyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri muhokama qilish uchun samarali va oʻziga xos platforma ekani taʼkidlandi.
Lemm xonim tomonidan taqdim etilgan, Oʻzbekistonda shaffoflik tamoyillarini ilgari surish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish va axborot siyosatini modernizatsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlarimizni eʼtirof etuvchi mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildiraman, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.