Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80-yilligi bilan tabrikladi

    Mamlakatimizda 9 May 2025 697

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80-yilligi bilan tabrikladi

    Bu kun biz tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayanchi, kuch-qudratimiz manbaidir.

    Tarix saboqlari tinchlikning naqadar bebaho neʼmat ekanini doim yodimizga solib tursin. Barchamizga ezgulik, birdamlik, ertangi kunga ishonch yor boʻlsin, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram kanalida.