Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik ochiq muhokama qilindi.

    Xususan, xotin-qizlar tadbirkorligini va taʼlim sohasini qoʻllab-quvvatlash tashabbuslari, suv resurslari bilan bogʻliq masalalar hamda mintaqalararo aloqalar eʼtibor markazida boʻldi.

    “Janob Stipraysning mintaqamiz bilan bogʻliq boy kasbiy tajribasi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz. Ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz”, deya yozadi prezident yordamchisi.