Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Elchisi bilan uchrashdi

    Joriy yilning aprel oyida Samarqandda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti boʻlib oʻtadi.

    Bugun Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi bilan uchrashdi.

    «Ishonchli va doʻstona muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitiga koʻrilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalarini muhokama qildik.
    Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizni qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
    Shuningdek, u Oʻzbekiston oʻzining boy tarixini asrab-avaylashini eʼtirof etib, bu doimo gʻurur va milliy oʻzlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi," — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.