Saida Mirziyoyeva iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlarga bordi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻiston Respublikasida iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlarga bordi va joylardagi ahvolni oʻrgandi.

    “Ushbu hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilash, ular uchun munosib sharoit yaratish borasida qilinadigan ishlar hali koʻp”, — deyiladi xabarda.

    Eslatib oʻtamiz, Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat yuklatilgandi.