Saida Mirziyoyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada oʻtgan bir yil mobaynida koʻplab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni ishga tushirganimiz va ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻ ajratilganini taʼkidladi.
“Boston Consulting Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻistonni 2035-yilgacha rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqdik. Qoraqalpogʻistonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi ish oʻrinlari yaratishi, mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi, yoshlarning kelajagini yanada yaxshilashi kerak. Investorlarni hududga tashrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini oʻz koʻzlari bilan koʻrishga va keng imkoniyatlar koʻlamini baholashga taklif qilaman, — deb yozadi oʻzining Telegram kanalida Prezident yordamchisi.