Saida Mirziyoyeva Kaya Kallas bilan uchrashdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, muloqot chogʻida ham global, ham mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga toʻxtalib, Markaziy Osiyoga alohida eʼtibor qaratilgan. Murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, mintaqalar oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani taʼkidlangan.

    «Ochiq va mazmunli suhbat uchun Kallas xonimga minnatdorlik bildiraman. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlaydigan navbatdagi qadamlarni intiqlik bilan kutib qolaman», deya yozgan Saida Mirziyoyeva.