Uchrashuvda Oʻzbekiston – AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
“Taʼlim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yoʻnalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga toʻxtaldik. Qizgʻin suhbat va qoʻllab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman“, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.