Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyeva mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.

    Bu haqda Prezident maslahatchisi oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

    «Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdik.

    Ikki tomonlama munosabatlarning bir qator muhim yoʻnalishlarini, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim, mehnat migratsiyasi borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarni muhokama qildik.

    Shuningdek, oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga qaratilgan yaqin muloqotni bundan buyon ham rivojlantirishga kelishib oldik» deydi Saida Mirziyoyeva.