«Islom dini asosida yotgan umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun mazkur nufuzli xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildiraman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekiston konfessiyalararo totuvlikni, mamlakatimiz faxri boʻlgan noyob islom merosini targʻib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda eʼtirof etilmoqda.

Kamtarona xizmatlarim eʼtirof etilgani va har yili oʻtkaziladigan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining hakamlar hayʼati tarkibiga kiritilganimdan benihoya mamnunman.

Faqat birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz», — deb yozadi prezident yordamchisi.