Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva bilan uchrashdi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avazaga tashrif doirasida Gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalarga yordam koʻrsatish xayriya jamgʻarmasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Saida Mirziyoyeva vitse-prezidentni Turkmaniston Betarafligining 30-yilligi bilan samimiy tabriklagan. Uchrashuvda gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.

    Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlarining yaqinda oʻtgan muzokaralarining samarali natijalari, jumladan, Shovot-Toshhovuz savdo zonasi ochilgani alohida taʼkidlandi.

    “Birgalikda jamgʻarma koʻrgazmasi va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdik, hamkorlikni davom ettirish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik”, deydi Saida Mirziyoyeva.