Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

    27-iyun – Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

    «Oʻzbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir. Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va oʻquvchilaringiz-obunachilaringiz oldidagi masʼuliyatingiz uchun har biringizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilishga doimo tayyorligingiz eʼtirofga loyiq. Oʻzbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgan barcha jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi koʻpgina ijobiy oʻzgarishlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda. Rahmat! Bayramingiz muborak boʻlsin!», deyiladi tabrik soʻzida.