Ushbu loyiha menga juda qadrli, chunki konsepsiyani ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridanoq unda ishtirok etish baxtiga muyassar boʻldim. Oʻshanda men Oʻzbekistonda kechayotgan chuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va anʼanalar oʻrtasidagi uygʻunlikni, kelajakka intilish va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvchi makon yaratish gʻoyasini taklif qilgandim, — deb yozadi Prezident yordamchsi oʻzining Telegram kanalida.
Ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlangan va aynan shular pavilyonning meʼmoriy va mazmuniy asosini tashkil etmoqda.
Pavilyon jamiyatimiz kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilma-xilligidir. Oʻtmish va kelajakni bogʻlovchi koʻprik boʻlib, dunyo Oʻzbekistonning bugunini chuqurroq anglashiga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlarimizga koʻrsatgan yordami va ishonchi uchun minnatdorlik bildiraman. Birgalikdagi madaniy tashabbuslar va oʻzaro muloqot yurtimiz uchun yangi imkoniyatlar va eʼtirof olib kelishiga ishonaman, — deydi Saida Mirziyoyeva.