Ushbu maktab 870 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, uning binosida Raqamli avlod markazi va bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan koʻplab toʻgaraklar ish boshladi.
"Majmua taʼlimga yangicha yondashuv namunasidir — bolalarni shubhasiz jalb qiluvchi bu maskanda zamonaviy texnologiyalar hamda kelajak sari ajoyib start nuqtasi mujassam. Toʻrtkoʻl tumanida ham yana bir yangi, 77-maktab ochildi — Qoraqalpogʻiston asosiy eʼtiborni sifatli taʼlimga qaratmoqda va bu tahsinga loyiq!
Nukuslik bolalar va ularning yuzidagi tabassumdan atrofga iliqlik, yangi nafas va shodlik taralib turgandek boʻldi. Bu dargohdan koʻplab bilimdon va muvaffaqiyatli, barchamiz faxrlanadigan bitiruvchilar yetishib chiqishini tilayman", deydi Saida Mirziyoyeva.











