баннер
21 Mar 2025
15:26

    Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

    Shu yilning 18-mart kuni Prezident maslahatchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda aprel oyida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ sammiti va Orol madaniyat sammitiga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston muhim xalqaro tadbirlar doirasida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda faol hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va ijtimoiy platformalarni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirish va tajriba almashish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

    “Uchrashuv yakunida davlatlarimiz rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni toʻliq hajmda amalga oshirish doirasida yaqin muloqotni bundan buyon ham davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik“, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech