Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi

    Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Respublikasiga tashrif doirasida Qozogʻiston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va koʻp tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Asosiy yoʻnalishlarda yaqindan muloqotni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash istiqbollari, jumladan, madaniy va xalq diplomatiyasi sohasida, shuningdek, axborot siyosati borasida hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.