Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston elchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

    «Bugun Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashdik.

    Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik. Xalqlarimizni bir-biriga yaqinlashtirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarimizni yanada kuchaytirish choralarini koʻrishga kelishib oldik», – deb yozadi Prezident yordamchisi S.Mirziyoyeva.