Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
“Madaniy-gumanitar hamkorlikni muhokama qilar ekanmiz, boʻlajak qoʻshma tadbirlar, jumladan, A. Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari, Qozogʻiston Milliy muzeyi va Abilxon Kasteev nomidagi Qozogʻiston sanʼat muzeyida koʻrgazmalar, shuningdek, Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashdik“, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Muhokamalar soʻnggida ushbu tadbirlarning yuksak saviyada oʻtkazilishi Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilarining eʼtibori va qoʻllab-quvvatlashi tufayli qardosh xalqlarimiz oʻrtasida qaror topgan doʻstlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.









