Saida Mirziyoyeva “Raqamli avlod qizlari” tanlovi gʻoliblarini tabrikladi
Raqamlashtirish
30 apr 2025, 10:52
780
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Raqamli avlod qizlari” tanlovining bu yilgi gʻoliblarini tabrikladi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan besh yil ichida 7 mingdan ortiq qiz IT olamiga qadam qoʻydi.
«Raqamli avlod qizlari» tanlovi — ayollarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun rivojlanish imkoniyatlarini yaratish boʻyicha Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning yorqin namunasidir.
Oʻtgan besh yil ichida 7 mingdan ortiq qiz IT olamiga qadam qoʻydi. Joriy yilda esa tanlov turli mamlakatlardan iqtidorli qizlarni birlashtirdi.
Gʻoliblarni chin qalbimdan tabriklayman va ularning yutuqlari katta zafarlarining boshlanishi boʻlishiga ishonaman!», — deydi u.