Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, madaniyat, taʼlim va tarixiy merosni saqlash sohalaridagi qoʻshma tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.

“Yangi Quddus“ muzeyida oʻzbek sanʼati koʻrgazmasining ochilishi va Oʻzbekistonda Rossiya madaniyati kunlarining oʻtkazilishi xalqlarimiz oʻrtasidagi yuqori darajadagi ishonch va oʻzaro qiziqishning yorqin namunasidir, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.